Item request has been placed! ×
Item request cannot be made. ×
loading  Processing Request

Search Results

Filter
  • 1-10 of  889 results for ""kofein""

Your Filters

Reset filters
Item request has been placed! ×
Item request cannot be made. ×
loading  Processing Request
Academic Journal

Qoramollarni teylerioz kasalligidan asraylik: 129 UDK: 619.616.993.192.084 QORAMOLLARNI TEYLERIOZ KASALLIGIDAN ASRAYLIK Rasulov O‘.I. veterinariya fanlari doktori, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ilyosov Z.I., assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti R.U.Suyunov, assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Sh.Sh.Rasulov assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Buronov A.N.- 2-bosqich magistrant, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Qoramollarning qon-parazitar kasalliklari respublika hududlarida keng tarqalganligi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi aniqlandi. Adabiyot ma’lumotlari tahlil qilindi. Davolash va profilaktika qilish uchun zamonaviy vositalar va usullar tavsiya etildi. Kalit so‘zlar. Qoramol, teylerioz, kasallikning kechishi, vaksina, kana, profilaktika, tirik vazni. Annotation. It was found that blood-parasitic diseases of cattle are widespread in the regions of the republic and cause great economic damage. Literature data were analyzed. Modern tools and methods for treatment and prevention were recommended. Keywords. Cattle, tayloriosis, course of the disease, vaccine, mite, prophylaxis, live weight. Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz aholisini chorva maxsulotlari bilan muntazam va yetarli miqdorda ta’minlash birgina chorvadorlarning emas, balki veterinariya fani va amaliyotida tinmay mehnat qilib kelayotgan xodimlarning ham dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. Mana shunday muhim muammoni amalga oshirishda qoramollarning qon- parazitar kasalliklaridan eng xavfli va katta talofat beradigani bu teylerioz kassalligi hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi. Qoramollarning teyleriozi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va adabiyot manbaalarini tahlil qilish. O‘zbekistonda qoramollarning teylerioz kasalligini qo‘zg‘atuvuchisi Theileriidae oilasiga mansub Theileria annulata Dschunkowsky et Luhs (1904) hisoblanadi. Teyleriyalar limfa tugunlarning retikuloendotelial xujayralarida, taloq, 130 jigar va boshqa organlarda, qonning limfotsit va eritrotsitlarida rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchilarni tarqatuvchi Hyalomma detritum va H. anatolicum kanalar 2-5 kundayoq mol tanasida qon so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlarida mavjud 2-3 mkm kattalikda bo‘lgan sporozoitlarni molning terisi ichiga yuboradi. Teri qatlamiga kirgan sporozoitlar limfa va qon oqimi bilan avvalo limfa tugunlariga keyin esa parenximatoz organlarga kirib shizogoniya bosqichini o‘tadi. Kasal mollarning qonida (Eritrotsitlarda) mikromerozoitlar yumaloq, oval, noksimon, nuqtasimon shakllardagi ko‘rinishlarda bo‘ladi. Kasallikning kechishi va klinik belgilari. Teyleriozni Hyalomma avlodiga mansub ikki egalik detritum va uch egalik anatolicum deb nomlanuvchi kanalar tarqatadi. Ular hayvonlarning qonini so‘rish bilan bir vaqtda o‘z so‘lak bezlaridagi kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni hayvon tanasiga yuboradi. Kasallikning birinchi belgisi molni kana chaqqanidan 17-21 kun o‘tgach kurak oldi, son va yelin usti limfa tugunlari kattalashadi, tana harorati 40,6-41,2 0 C gacha ko‘tariladi. Patologoanatomik o‘zgarishlar. Bu kasalliklar bilan kasallanib, o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan hayvonlar yorib ko‘rilganda yurak, jigar, buyrak, taloqda qon quyilishlar yuz beradi. Jigar va taloq 2-3 marta kattalashganligi va yumshab qolganligi kuzatiladi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida 0,5 litrgacha zardobsimon suyuqlik to‘planganligi kuzatiladi. Shirdonda qon quyilishlar va yaralar mavjud. Qatqorin quruq, qattiq ozuqa, o‘t pufagi esa quyuq o‘t suyuqligi bilan to‘la bo‘ladi. Davolash. Teylerioz bilan kasallangan qoramollarni davolash ishlarini olib borishdan oldin ularni salqin va osoyishta joyga o‘tkazish kerak. Ularning ratsioniga yengil hazm bo‘ladigan barra o‘t, maydalangan lavlagi, yangi sog‘ilgan sut, omuxta yemdan tayyorlangan atala kiritilishi lozim. Kasallikni davolashda maxsus preparatlarni qo‘llagan holda quyidagi sxemalarni biridan foydalanish tavsiya qilinadi. 1. Davolashning 1-3 kunlari molning har 1 kg tirik vazni hisobiga ertalab 4 mg/kg miqdorida uzbikarb (Uzbikarbning 4 % lik suvdagi eritmasidan molning har 100 kg tirik vazniga 10,0 ml dan) teri ostiga va 5-6 kun davomida kechki payt molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 6 tabletkadan (1,5 gr) delagil qo‘llash tavsiya etiladi. 2. Davolashning 1-2 kunlari ertalab 2 mg/kg miqdorida diamidin va shundan 3-4 soat o‘tgach 3-4 kun davomida kuniga 1 martadan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobiga sulfantrolning 3 % lik eritmasidan 100 mldan vena qon tomiriga qo‘llaniladi. Agarda shu 3 % lik eritma 33 % lik spirtda tayyorlanib qo‘llanilsa davolash natijasi yana ham samaraliroq bo‘ladi. 3. Davolashning birinchi kuni qoramolning har 1 kg tirik vazni hisobiga teyleriozga qarshi giperimmun qon zardobidan 1,0 ml dan teri ostiga qo‘llaniladi, ikkinchi kuni esa molning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml dan etdin (Etoni + diamidin) preparati teri ostiga qo‘llanilsa, samaradorlik yuqori darajada bo‘ladi. 4. Saudiya Arabistonida ishlab chiqilgan Butachem va Theilex preparatlarini kasallangan qoramolning 100 kg tirik vazni hisobigaa 5,0 ml dan 48 soat oralig‘ida 2 marta qo‘llashdan olingan samaradorlik yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi. Simptomatik preparatlardan kofein-benzoat natriyning 20 % lik eritmasidan qoramolning teri ostiga 15-20 ml, asessol, dissol, trissol preparatlarini biridan 300-500 ml va glyukozaning 5 % lik eritmasidan 300-400 ml miqdorida vena qon 131 tomiriga, gemopoezni kuchaytiruvchi ferropirin yoki ferroglyukin-75 preparatlarini biridan molning 100 kg tirik vazniga 20 ml.dan va vitamin V 12 preparatidan 500 mkg miqdorida mushagi orasiga qo‘llaniladi. Qoramollar teyleriozining profilaktikasi. Teylerioz kelib chiqishi kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tarqatuvchi Iksod – Hyalomma anatolicum, Hyalomma detritum kanalarining faol hayotiy (yilning iliq fasllarida) davri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli unga qarshi kurashishni birgina yilning iliq fasllarida emas, balki yilning salqin va sovuq fasllarida ham doimiy ravishda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun yilning salqin tushgan faslidanoq ferma va uning atrofini obodonlashtirish, kanalarning rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan biotoplarni yo‘qotish, kelgusida qoramollar boqiladigan yaylovlarda sanatsiya ishlarini olib borish lozim. Qish paytida qoramollar boqiladigan binolarni go‘nglardan tozalash, devorlarini suvash va oqlash, hamda madaniylashtirish esa tadbirlarning eng muhimi bo‘lib hisoblanadi. Teyleriozni oldini olishda «Teyleriozga qarshi suyuq kultural vaksina» dan yilning salqin (Dekabr, yanvar, fevral oylarida) oylarida har 1 bosh qoramolning teri ostiga 1,0 ml.dan qo‘llash tavsiya etiladi. Yilning iliq kunlari kirib kelishi bilanoq kanalarga qarshi akaritsid preparatlardan biri bilan qo‘llanmasi asosida qoramollar yuvib turiladi. Piroplazmidozlardan kimyoviy usulda profilaktika qilish uchun har 15 kunda 1 marta qoramolning har 100 kg tirik vazni hisobiga 5,0 ml.dan polikarb preparati qoramol teri ostiga qo‘llaniladi. Umuman olganda piroplazmidozlarga qarshi kurash chora-tadbirlari o‘z vaqtida va sifatli olib borilsa, qoramollar teyleriozdan saqlab qolinadi, natijada xalqimiz dasturxonini mo‘l-ko‘l chorva mahsulotlari bilan ta’minlashga erishiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Imomov N. Qashqadaryo viloyati hududlarida poliamidin-p preparatini veterinariya amaliyotiga joriy qilish. Veterinariya 2011, № 5 – 13-14. 2. Qo‘chqorova S. Piroplazmozni davolashda mahalliy vosita / Zooveterinariya ilmiy-ommabop jurnali. № 1, 2011. – 18-22 b. 3. G‘afurov A.G‘., Davlatov R.B., Rasulov O‘.I. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoy kasalliklari. Monografiya, 2011 – 114 b.

  • Source: Перспективы развития ветеринарной науки и её роль в обеспечении пищевой безопасности. 1:129-131

Record details

×
  • 1-10 of  889 results for ""kofein""